Detektiv hikoyalar jahon adabiyotida yagonadir. Bunday asarlarning o‘quvchilarni o‘ziga jalb etishining asosiy sababi shundaki, tasvirlanayotgan voqea “juda uzun jumboq”ga o‘xshaydi. Jinoyat yoki voqeaning asl mohiyati, ya’ni “topishmoq”ning javobi asar oxiridagina ochiladi. Voqealar rivoji, haqiqatni o‘rganishga bo‘lgan qiziqish o‘quvchini asarni oxirigacha “nafas olmasdan” o‘qishga undaydi. Eng muhimi, jinoyatlarini yashirishga urinayotgan jinoyatchining asl yuzi ochiladi.

