Savdogar dengiz safari oldidan oila a’zolari va xizmatkorlaridan qaytishda ularga qanday sovg‘a olib kelishi haqida so‘radi. Qo‘rg‘ondagi har bir odam o‘zi xohlagan narsa nomini aytdi. Faqat bir xizmatkor yigit xo‘jayiniga halol bir tangani berib, shuning evaziga nima sotib olsa, o‘shani olib kelishini so‘radi. Savdogar safar vaqti o‘sha halol tanga evaziga bir nochor kampirdan mushuk sotib oldi. Biroq uyga qaytish chog‘i kutilmagan sarguzashtlarga ro‘baro‘ bo‘ldi va mushuk unga juda katta boylik olib keldi.
Xo‘sh savdogar mazkur boylikka qay yo‘sinda ega chiqdi? Endi u boylikni asl egasi bo‘lmish o‘z xizmatkoriga qaytarib beradimi?
Aziz bolajonlar, bu kabi savollarga kitobni o‘qish orqali javob topasiz. Shuningdek, to‘plamdan Jahon xalqlarining bir qator qiziqarli ertaklari o‘rin olgan bo‘lib, siz ularda turfa sarguzashtlarga guvoh bo‘lasiz!

