"Yetti majlis" risolasi Jaloliddin Rumiyning juma ma'ruzalari asosida yaratilgan bo'lib, u Mavlononing ustozi Shams Tabriziy bilan uchrashmasidan avval shogirdi Husomiddin Chalabiy yoki o'g'li Sulton Valad tomonidan yozib olingan deya tahmin qilinadi.
Ushbu asar Mavlono Rumiyning eng so'nggi asarlaridan hisoblanadi va boshqa asarlaridan farqli ravishda rasmiy va'zlardan tashkil topgan.

