Yesido SF12 — fotosurat va video olish uchun qulaylik va funksionallikni birlashtirgan zamonaviy selfi tayoqchasi. Qurilma Bluetooth masofadan boshqarish pulti orqali smartfon bilan tez ulanishni ta’minlab, simsiz suratga olish imkonini beradi. Bu esa bir kishilik ham, guruh bilan tushish uchun ham juda qulay.
Modelning asosiy afzalliklaridan biri — ring to‘ldirish chirog‘i. Unda uch xil yorug‘lik rejimi va turli rang haroratlari mavjud bo‘lib, har qanday sharoitda yorqin va tabiiy yoritishni ta’minlaydi. Selfi, vlog yoki live-translyatsiyalar uchun ayni muddao.
Telefon ushlagichining burchagi to‘liq sozlanadi, bu turli rakurslarda suratga olish imkonini beradi. Teleskopik metall tayoq esa 80 sm gacha cho‘ziladi, keng kadrlar olishga yordam beradi.
Ichki 1200 mAh batareya uzoq davomli ishlashni ta’minlab, ring chiroq va Bluetooth pultning barqaror ishlashiga xizmat qiladi. Qurilma yilni, yengil va mustahkam bo‘lib, kundalik tashishda noqulaylik tug‘dirmaydi. Barqaror stukturasi esa suratga olish paytida telefonning siljib ketishini oldini oladi.
Yesido SF12 — kundalik kontent yaratuvchilar, blogerlar, sayohatchilar va sifatli selfi olishni xohlovchilar uchun ideal yechim




