• Nomi: Yerto‘lidan yozuvlar
• Muallif: Fyodor Dostoyevskiy
• Janri: Klassik adabiyot, falsafiy roman
• Yosh chegarasi: 16+
• Muqova: Yumshoq
• Sahifalar soni:145
“Yerto‘lidan yozuvlar” inson tabiatining murakkab tomonlarini ochib beruvchi asardir. Dostoyevskiy o‘quvchini bosh qahramonning ichki monologi orqali uning og‘riqlari, qarama-qarshiliklari va jamiyat bilan bo‘lgan murakkab munosabatlariga guvoh qiladi. Kitobning eng katta afzalligi shundaki, u insonning o‘ziga bo‘lgan savollariga bevosita javob bermaydi, balki o‘quvchini mustaqil fikrlashga undaydi. Asarda erkinlik va iroda, adolat va ma’naviyat kabi mavzular teran yoritilgan. Bu kitob o‘quvchini nafaqat adabiy, balki falsafiy jihatdan ham boyitadi.

