• ISBN 978-9943-8769-3-4
• Factor books nashriyoti - 224 bet - Lotin alifbosi – Muallif: Ramazon Demir - Yelkangga ishq qo‘nsa romani
• Sevgi nima? Uning nigohlaridir. Nigohlariga g‘arq bo‘lmoqlikdir. Bir nafas qadar yaqin bo‘lishdir. Ko‘z qorachig‘ining rangi xotirada muhrlangunicha tikilishdir. Tushida ham ishq-la uyg‘unlashishdir.
Muallif kitobda muhabbat o‘zi nima ekanini kengaytirilgan tarzda, shu bilan birga, qisqa va lo‘nda shaklda tushuntirib berishga uringan. Mazkur kitob ishq tufayli sitamga botgan, yuragi kuygan, xiyonat sababli sof muhabbati ummon qadar nafratga aylangan har bir qalbga tasalli kabidir, ruhiyati uchun shifodir. Zero, ishq qanchalar yoqimli hissiyot bo‘lmasin, uning azobini boshdan kechirmay turib yorga yetishishning iloji yo‘q.




