Yeji Koshinskiy mazkur romanini 1965 yilda yozgan. Roman kitobxonlar nazdida barcha davrlarning eng shafqatsiz asari deb baholangan. Chunki o‘quvchi har nafasda urush orti odamlarining fojialarini, dahshatga to‘la hayotini, shafqatsizliklarini, zulm-u zo‘ravonligini olti yoshli bolakay nigohi bilan ko‘radi. Odam bolasini mana shunday vahshiyliklarga undagan sabab esa tirik qolishga bo‘lgan urinish edi aslida. Kitobning Rangin qushcha deb nomlanishi sabablari xususida to‘xtalmaymiz. Yaxshisi, mutolaa davomida bunga o‘zingiz guvoh bo‘ling.

