• Turk tili
• Yedi Iklim
Merhaba."Yedi Iklim Turkçe" turk tilini o‘rganayotganlar uchun A2 darajadagi darslik va mashqlar daftari, shuningdek, audio materiallarni o‘z ichiga oladi. Bu zamonaviy darslik Yunus Emre instituti tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, u Yevropa til standartlariga mos va kommunikativ ko‘nikmalarni rivojlantirishga yo‘naltirilgan. A2 darajasi boshlang'ich daraja hisoblanib, 8 bo‘limdan iborat, har bir bo‘lim uch mavzuga bo‘lingan. Materiallar o‘qish, tinglab tushunish, gapirish va yozish ko‘nikmalarini rivojlantirishni o‘z ichiga oladi, shuningdek, madaniyat elementlari va o‘yinlarni ham qamrab oladi. Har bir bo‘lim oxirida lug‘at va o‘z-o‘zini baholash jadvali mavjud. Kitobni mustaqil ravishda o‘rganish uchun ishlatish mumkin, ammo eng yaxshisi o‘qituvchi bilan shug‘ullanishdir. O‘rganish jarayonida omad!

