Yedi İklim A1 Türkçe Ders Kitabı — turk tilini boshlang'ich darajada o‘rganayotgan o‘quvchilar uchun Yunus Emre Instituti tomonidan ishlab chiqilgan maxsus darslikdir. Ushbu kitob Umumiy Yevropa Til Mezonlari (CEFR) talablariga mos ravishda A1 darajasi uchun mo‘ljallangan bo‘lib, o‘quvchilarning asosiy til ko‘nikmalarini bosqichma-bosqich rivojlantirishga yordam beradi.
Darslikda kundalik hayotga oid mavzular, oson va tushunarli matnlar, sodda grammatik tushunchalar, ko‘rgazmali mashqlar va amaliy topshiriqlar jamlangan. Har bir bo‘limda o‘quvchilar o‘qish, yozish, tinglash va so‘zlashuv orqali turk tilini sekin-asta o‘zlashtira boradilar.
Kitobdagi mashqlar muloqotga yo‘naltirilgan bo‘lib, yangi so‘zlarni o‘rganish, sodda gap tuzish va o‘z fikrini ifoda etish ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi. Youtubega yuklangan audiomateriallar yordamida esa tinglab tushunish ko‘nikmasi bosqichma-bosqich rivojlanadi.
"Yedi İklim A1" darsligi — til o‘rganishni noldan boshlayotganlar uchun qulay, sodda va samarali o‘quv vositasi hisoblanadi.

