• Muqova: Yumshoq
• Muallif: Edvin Abbot
Kitob haqida:
Tasavvur qiling, siz yashayotgan olamda balandlik degan tushuncha yo‘q hamma narsa tekis, hatto tafakkur ham! Bu yerda odamlar - Chiziq, Uchburchak, Kvadrat, Doira kabi shakllar ko‘rinishida va har biri o‘z burchagi bilan baholanadi. Tartib qat’iy, qoidalar o‘zgarmas.
Bir kuni oddiy Kvadrat tasodifan uchinchi o‘lchov - Fazoni ko‘rib qoladi. Bu kashfiyot uning dunyo haqidagi qarashlarini o‘zgartirib yuboradi, biroq buni eshitganlar Kvadratni telbaga chiqarishadi.
«Yassiyurt» - geometrik ertak emas, balki tafakkur sarhadlari, ijtimoiy tabaqalanish va zulmga qarshi kurashish haqidagi ramziy hikoya. Edvin Abbotning bu satirasi o‘quvchini o‘z hayotidagi «yassi»liklar haqida o‘ylashga undaydi.
Siz tafakkur yassiliklaridan Fazoga yuksala olarmidingiz?

