• Nomi: Aniq va ravon
• Muallif: Maksim Ilyahov
• Janri: Kommunikatsiya, Nutq madaniyati, O‘zini rivojlantirish
• Yosh chegarasi: 12+
• Til: Rus tili
• Muqova: Yumshoq
Kitobning asosiy afzalligi — uning amaliy yo‘nalishidadir. Muallif ko‘plab real misollar orqali murakkab fikrlarni oddiy qilib yetkazish usullarini o‘rgatadi. O‘quvchi o‘z yozuvlarini qayta ko‘rib chiqib, keraksiz so‘z va iboralardan halos bo‘lishni, o‘quvchi yoki tinglovchiga yaqinroq bo‘lishni o‘rganadi. “Aniq va ravon” orqali siz nutqni ixchamlashtirish, matnlarni samarali tuzish va professional darajada ifoda qilish ko‘nikmalarini hosil qilasiz. Ushbu asar talabalar, mutaxassislar va kundalik hayotda aniq muloqotni qadrlaydigan har bir kishi uchun foydali qo‘llanmadir.

