Devorni teshishdan oldin detektor belgilangan joydan elektr simi o‘tganini tekshirishga yordam beradi. AC rejimida kuchlanish ostidagi sim qaysi yo‘nalishda ketganini tekshirish mumkin. Devor qoplamasi ortida po‘lat yoki mis quvur yoxud armatura bo‘lishi mumkin. Metall qidirish rejimi ularning o‘rnini aniqlab, teshik uchun joy tanlashda yordam beradi.
Qidiruv chuqurligi devor ichidagi buyumga bog‘liq.
• Yog‘och va metall karkas ustunlari uchun uchta chuqurlik sozlamasi bor: 13, 25 yoki 38 mm gacha. Qoplama qalinligini bilmasangiz, 13 mm dan boshlang. Ustun topilmasa, avval 25 mm, keyin 38 mm rejimini sinab ko‘ring.
• Po‘lat kabi magnit tortadigan metallar 80 mm gacha, mis kabi magnit tortmaydigan metallar esa 60 mm gacha chuqurlikda aniqlanadi. Ekranda metall qancha chuqurlikda joylashgani taxminan ko‘rsatiladi.
• AC rejimida kuchlanish ostidagi ekranlanmagan o‘zgaruvchan tok simlarini 51 mm gacha chuqurlikda qidirish mumkin.
Asbob quruq ichki devorlar uchun mo‘ljallangan. Nam pardoz qatlami, metall qoplama yoki bir-biriga yaqin joylashgan buyumlar ko‘rsatkichlarga ta’sir qilishi mumkin.
Detektor o‘lchamlari — 150 × 67 × 30 mm. To‘plamga detektor, 9 V li «Krona» batareyasi va yo‘riqnoma kiradi.
HAR SAFAR QIDIRUVNI BOSHLASHDAN OLDIN DETEKTORNI ALBATTA KALIBRLANG.









