Qamoqxonadagi faoliyatim davomida yetmish sakkiz bor qatl jara-
yoniga shohid bo'lganman. Ularning har birini so'nggi nafasimga qadar
unutolmasam kerak. Nazarimda, mahkumlar chinakam qo'rquvni qo'l-
oyoqlari kursiga mahkamlanayotganda his etishardi. Nigohlarida o'lim
dahshati akslanar, oyoqlari harakatdan qolib, a'zoyi badanlari, hatto
tomirlarida oqayotgan qonlari ham muzlab qolardi. Ayni lahzada ha-
yotning naqadar shirinligini, dunyoda undan-da yoqimliroq lazzat to-
pilmasligini anglashardi. Sarosimali damda o'zlari ham yaxshi tushun-
magan gaplarini aytishlari hamono boshlariga qora qopchiq kiydirilar,
mazkur chora ularga qo'llanilayotgan bo'lsa-da, aslida atrofdagilar jon
berayotgan odamni kuzatib qiynalmasligi uchun shunday qilinardi.

