Kobo Abening "Yashik-odam" asari zamonaviy insonning begona-
lashuvi, shaxsiyatning yemirilishi va jamiyatdan ixtiyoriy chekinishi
muammolarini ramziy-falsafiy yo'sinda yoritadi. "Quti" obrazida in-
son oʻzini tashqi olamdan ajratib, erkinlik va yolg'izlik orasida qoladi;
"yashik-odam" esa begonalikning yanada g'ayritabiiy, absurd shaklini
ifodalaydi. Asar inson "men"ining chegaralari, ijtimoiy niqob va ichki
boʻ'shliq haqida oʻtkir savollar qo'yadi.
Asarning asosiy g'oyasi ziddiyatlarni koʻrsatish orqali jamiyatning
inson shaxsiga dushmanligini badiiy tadqiq etishdan iborat. Roman-
dagi yetakchi g'oyalardan yana biri insonni yolg'izlik va mahdudlikdan
go'zal hayotgina qutqgarishi mumkinligini koʻrsatishdir. Kitob o'quvchi-
ni ekzistensial tafakkur, zamonaviy ong ingirozi va oʻzlikni anglash ma-
salasida chuqur mulohazaga undaydi

