Taniqli adabiyotshunos olim va munaqqid, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, filologiya fanlari doktori Yashar Qosimning ushbu kitobidan o‘tgan asrning 70-80- va 90-yillarida hozirgi o‘zbek she’riyati to‘g‘risida olib borgan tadqiqotlari o‘rin olgan. 60-yillar boshlarida o‘zbek she’riyatiga dadil qadamlar bilan kirib kelgan Erkin Vohidov, Abdulla Oripov, Rauf Parfi, Cho‘lpon Ergash, Omon Matjon, Jamol Kamol, Oydin Hojiyeva, Halima Xudoyberdiyeva va boshqalar ijodi tanqidchi ilmiy-estetik izlanishlarining asosini tashkil etadi.

