• Til - O‘zbekcha
• Yozuv - Kirilcha
• Sahifalar soni - 278
• Nashriyot - Huzur
• Muqovasi - Yumshoq
• Qog‘oz formati - A5
• Chop etilgan yili - 2024
«Yashamoq»
Xitoy yozuvchisi Yuy Xuaning «Yashamoq» romani yoshligida oilasining butun boyligini qimorda boy bergan yosh yigitning alamli hikoyasini bayon qiladi. Xitoyda qishloqma-qishloq yurib, xalq qo‘shiqlarini jamlagan kishi bir kuni dalada ishlayotgan juda keksa odamga duch keladi va chol o‘z hayotini hikoya qila boshlaydi. Yoshligida ertangi kunni o‘ylamagan, bechorahol tarzda hayot kechirayotgan Fugui shu asno umrida birinchi marta kambag‘allik nima ekanini anglab yetadi.
Muallif asarda Fugui voqeasini hikoya qilish bilan birga, o‘sha davrdagi Xitoy siyosiy hayotini ham o‘quvchiga yetkazadi. Unda siyosat odamlar hayotiga qanchalik ta’sir ko‘rsatishi, hukmdorlarning siyosiy fikrlari va qarashlari qanday o‘zgarishlarga uchrashi, alaloqibat, eng ko‘p jabr ko‘rgan qatlam yana va yana kambag‘allar bo‘lishini aks ettiradi.

