“Yashamoq” — xitoylik yozuvchi Yuy Xuaning mashhur romani bo‘lib, ilk bor 1993 yilda nashr etilgan. Asarda inson va uning oilasi hayotidagi og‘ir sinovlar, turli taqdir zarbalari va hayotdagi keskin o‘zgarishlar tasvirlanadi. Fojiali voqealarga qaramay, asar insonning yashashga bo‘lgan irodasi, taqdirni qabul qilishi va hayotni davom ettirish qobiliyatini yoritadi.
“Yashamoq” ko‘plab mamlakatlarda mashhur bo‘lib, yigirmadan ortiq tilga tarjima qilingan. Mazkur nashr Yuy Xuaning o‘zbek tiliga tarjima qilingan ilk asaridir.

