Mikael va Lea ijtimoiy tarmoqda tanishib qolishgan. Ikki o‘smir og‘ir damlarda bir-birini topib olishgan. Zero, yolg‘izlik bu dunyoda hech narsa kabi birlashtiradi. Ammo butun qalbingni ochgan insoning kutilmaganda yo‘qolib qolsa-chi? Lea o‘zini yo‘qotib qo‘ygan. U "Mikael, qayerdasan?" degan savolga javob topishga juda muhtoj. Keyin esa xat keladi... Yurakni tilka-pora qiladigan xat.

