Solih insonlar yutqazmaydilar. Birinchidan, Xudo bunga yo‘l qo‘ymaydi. Umid bilan yashashda davom eting. Agar ular birinchi raundda g‘alaba qozonishsa ham, oxir-oqibat g‘alaba sizga nasib etadi.
Xavotir olmang! Har bir qiyinchilikning orqasida osonlik bor. Bugun hayot sizga tikanlar va’da qilsa, ertaga uning atirgullari hidini albatta tuyasiz. Agar bugun taqdir sizga juda ko‘p azob bergan bo‘lsa, ertangi kun ham sizni juda baxtli qiladigan kutilmagan sovg‘alarni taqdim etadi. Faqat ishonchni saqlab qoling. Chunki nima bo‘lishidan qat’i nazar, ishonganlar bir kun albatta g‘alaba qozonadi.
Unutmang, ertangi kun yaxshi odamlar uchun. Chunki vaqt Alloh taoloning pok bandalariga bergan ne’matidir. Pokiza qalb sizga, albatta, o‘zingizga munosib baxt keltiradi. Shuning uchun tashvishlanmang, xotirjam bo‘ling, Xudo uni o‘z qo‘liga olishiga imkon bering va ertangi kuningiz yaxshi bo‘lishiga umid qiling.
(Turk tilidagi kitob)

