🔥 PEMCO iDRIVE 260 10W-40 — yuqori sifatli va mukammal himoyani ta'minlovchi premium yarim sintetik (Semi-Synthetic) motor moyi! U yengil avtomobillar va mikroadvobillarning yuqori yuklamada ishlaydigan benzinli hamda dizelli dvigatellari uchun maxsus ishlab chiqilgan.
🇺🇿 Oʻzbekiston iqlimi va yoʻllari uchun:
10W-40 yopishqoqligi Oʻzbekistonning issiq yoz faslida dvigatel ichida mustahkam va qalin himoya qatlamini kafolatlaydi. Yurgan masofasi (probegi) katta boʻlgan avtomobillarda moy yeyish (rasxod) muammosini kamaytirishga yordam beradi hamda eskirgan detallarni ishqalanishdan ishonchli asraydi.
💎 PEMCO 260 10W-40 ustunliklari:
• Kompleks himoya: Dvigatel detallarini har qanday yuqori haroratlarda va ogʻir shahar sharoitida eskirishdan saqlaydi.
• Korroziya va nagarga qarshi: Dvigatel ichida zararli cho'kma va kislotalar hosil bo'lishining oldini oladi.
• Optimal yopishqoqlik: Eshigan motorlarda kompressiyani tiklashga va shovqinsiz ishlashga yordam beradi.
• Tejamkorlik: Kam uchuvchanligi evaziga moyning tabiiy kamayishini (ugar) sezilarli darajada pasaytiradi.
🚗 Mosligi (Qaysi avtomobillarga tushadi?):
Oʻzbekiston yoʻllaridagi eng ommabop klassik va o'rta avlod dvigatellariga mutloq mos keladi.
Xususan, quyidagi Chevrolet va Nexia modellariga tavsiya etiladi:
• Chevrolet Lacetti / Gentra (1.5 / 1.8)
• Chevrolet Cobalt
• Chevrolet Nexia 1, 2, 3 (DOHC va SOHC motorlar)
• Chevrolet Spark (1.0 / 1.25)
• Chevrolet Damas / Labo
• Chevrolet Epica, Captiva (eski avlodlar)
Shuningdek, VAZ (Lada), GAZ, Toyota, Hyundai va Kia kabi 10W-40 yopishqoqlikdagi moy talab qiladigan barcha turdagi xorijiy avtomobillarga mos keladi.

