

Yarim avtomatik kir yuvish mashinasining funksionalligi ancha oddiyroqdir. Bu yerda siz juda ko'p sonli turli xil dasturlarni, harorat rejimlarini va sezgir sensorlarni ko’rmaysiz. Tashqi tomondan, oddiy va juda o'xshash. Boshqa tomondan, bu arzon va mobil qurilma bo'lib, siz o'zingiz bilan dala hovlingizga yoki qishloq joyiga olib borishingiz, uni o'zingiz va maxsus asboblarsiz juda oson o'rnatishingiz mumkin. Elektron "ichki detallar"ning yo'qligi uzoq va barqaror ishlashning garovidir. Agar mashinangiz ishdan chiqadiqan bo'lsa, unda uni ta'mirlash qiyin bo'lmaydi, ko'p vaqt talab ham qilmaydi, ta’mirlash esa qurilmaning yarm narxiga teng bo'lmaydi.

Bu yarim avtomat kir yuvish mashinalarining keng tarqalgan, arzonroq va yengil versiyasi. Qurilmaning pastki qismida maxsus aktivator o'rnatilgan bo'lib, u idish ichidagi kirlarni aylantiradi. Aktivator tipidagi yarim avtomatik qurilmalar jihozni iloji boricha yengillashtirish va uni iloji boricha soddalashtirish imkonini beradi. Ular uzoq vaqt xizmat qilish uchun mo'ljallangan va amalda kamdan kam hollarda buziladi. Aytgancha, mutaxassislarning fikriga ko'ra, aynan activator mashinalar kiyim-kechak va tekstil matolarga kamroq zarar yetkazadi - mato tolalari kuchli yuklanishga duchor bo'lmaydi, ya'ni ular uzoqroq xizmat qiladi.

Yarim avtomatik kir yuvish mashinalari ijaraga olingan uy-joy, vaqtincha foydalanish yoki santexnika bo'lmagan sharoitlarda foydalanish uchun eng yaxshi variantdir. O'zining arzonligi va soddaligiga qaramay, aynan mana shu jihoz sizga o'nlab yillar davomida xizmat qila oladi, bir necha ko’chishlarga bardosh bera oladi va sizni toza kiyimlar bilan uzluksiz ta'minlaydi.
Maksimal yuvish hajmi (quruq) (kg): 9
Maksimalsiqishhajmi (kg): 5
Kuchlanish(V): 220
Chastotasi (Hz): 50
Yuvish quvvati (Vt): 420
Siqish quvvati(Vt): 190
Maksimal yuvish vaqti (min): 15
Maksimalsiqishvaqti (min): 5
Maksimal suv harorati (C°): 50
Ruxsat etilgan suv bosimi (MPa): 0.6
Energiya samaradorligi klassi (energiya iste’moli): А+
Yuklash turi: Vertikal
Boshqaruvturi: Mexanik
Shovqin darajasi (yuvish jarayonida dB): 64
Shovqin darajasi (siqish jarayonida dB): 72
Mahsulot kengligi (mm): 825
Mahsulot chuqurligi (mm): 498
Mahsulot balandligi (mm): 890
Qadoq turi: Karobka
Qadoqlash materiali: Gofrirovka qilingan karton
SOF og’irligi (kg): 26,5
UMUMIY og’irligi (kg): 30
Qadoq kengligi (mm): 850
Qadoq balandligi (mm): 930
Qadoq chuqurligi (mm): 530

