• Til - O‘zbekcha
• Yozuv - Kirilcha
• Sahifalar soni - 372
• Nashriyot - Huzur
• Muqovasi - Yumshoq
• Qog‘oz formati - A5
• Chop etilgan yili – 2025
Bu romanni shunchaki pista chaqib yoki qurut shimib o‘qiy olmaysiz. U, chin ma’noda, chap ko‘ksingizda YURAK degan narsa borligini eslatib qo‘yadi!
Ha, zamonaviy turk adabiyotidagi eng ta’sirli, qayta-qayta nashr etilib, o‘quvchilar tomonidan sevib mutolaa qilinayotgan romanlardan biri, shubhasiz, Sinan Akyuzning “Yaralangan qush hamon uchmoqda” asaridir.
Roman nafaqat bir sevgi hikoyasini, balki urush, zo‘ravonlik, ayol taqdiri va inson ruhining chilparchin bo‘lish jarayonini o‘ta ta’sirchan va ayovsiz tarzda ochib beradi.
Bu asarni o‘qib bo‘lgach, ehtimol, dunyoga o‘zgacha nigoh bilan boqmassiz. Lekin insonlarni boshqacha his qila boshlaysiz.
Eng muhimi, yaralangan qushni qachondir ko‘rib qolsangiz, endi uning uchayotganiga emas, balki nimaning evaziga parvoz qilayotganiga e’tibor qaratasiz.

