"Yaralangan qush hamon uchmoqda" romani — Sinan Akyuzning İncir Kushları asarining o‘zbekcha nashri. Syujet markazida Bosniya urushi fonida Suada ismli qizning taqdiri turadi. Uning tarixi orqali muallif urush fojiasini, vayron bo‘lgan inson taqdirlarini, ayollar ahvolini, insonning hayot va umid uchun kurashini ko‘rsatadi.

