Remark bu romanda front sahnalari emas, balki chegaralar ortidagi va-
tansizlik fojiasi haqida so'z yuritadi. Qahramonlar doimiy ravishda pasport,
ishlash va yashash huquqi muammosi bilan to'qnashadi; chegaralar yopiq,
odamlar sovuqqon va befarq, inson qadri qog'oz parchasi - hujjatga bogʻliq
bo'lib qolgan. Ular tirik, ammo huquqsiz; mavjud, biroq go'yo yo'qdek. Mu-
allif inson sha'ni va erkinligi qanchalik mo'rt ekanini Morits Rozental, Ludvig
Kern, Rut Holland, Marill, Mari va Yozef Shtayner kabi obrazlar orqali ochib
beradi. Ularning eng katta orzusi - oddiy va tinch hayot hamda inson sifatida
tan olinishga bo'lgan istak, xolos.
Uslubiy jihatdan sodda, biroq hissiy tomondan kuchli yozilgan ushbu ro-
man ma'lum doira yoki jamiyatga qarshi ochilgan urush qanchalik qimmatga
tushishini, har qanday ezgulik ham totalitar tuzum zo'ravonligiga qarshi ojiz
qolishini ko'rsatadi. Kern va Rut o'rtasidagi muhabbat esa kitobxon qalbi-
ga yorug'lik olib kirib, hatto eng og'ir damlarda ham inson qalbida mehr va
umid uchquni yashab qolishini isbotlaydi. Roman bugungi kun uchun ham
dolzarb: urush, muhojirlik, inson huquqlari masalasi hanuz davom etmoqda.
Asar keng kitobxonlar ommasiga mo'ljallangan.

