Yaponiya adabiyoti insonning borliqqa qarashi, hayotga munosabati, muayyan did va intilishga egaligi haqida o'ziga xos tasavvur uyg'otadi. Insonning ruhiy holati tasviriga alohida urg'u berish yapon badiiy an'analarining o'ziga xos jihatidir.
Yaponlar atrofni qurshab turgan tabiat ko'rkini, inson tashqi va ichki qiyofasidagi go'zallikni inja ko'rish qobiliyati bilan ham alohida ajralib turadi. Bu hikoyalarda yaqqol seziladi. Ushbu to'plamda siz yapon klassik adabiyoti namunalaridan tortib, zamonaviy yozuvchilarining eng sara hikoyalari bilan tanishishingiz mumkin.

