Yaponiya adabiyoti insonning borliqqa qarashi, hayotga mu-
nosabati, muayyan did va intilishga egaligi haqida o'ziga xos
tasavvur uyg'otadi. Insonning ruhiy holati tasviriga alohida urg'u
berish yapon badiiy an'analarining o'ziga xos jihatidir.
Yaponlar atrofni qurshab turgan tabiat ko'rkini, inson tashqi
va ichki qiyofasidagi go'zallikni inja ko'rish qobiliyati bilan ham
alohida ajralib turadi. Bu hikoyalarda yaqqol seziladi. Ushbu
to'plamda siz yapon klassik adabiyoti namunalaridan tortib,
zamonaviy yozuvchilarining eng sara hikoyalari bilan tanishi-
shingiz mumkin.

