Zamonaviy tirnoq parvarishi uslublari orasida yaponcha manikyur eng samarali, estetik va mijoz uchun qulay usullardan biri hisoblanadi. Uning asosiy g'oyasi va muhim xususiyatlaridan biri — tirnoqlarga nihoyatda ehtiyotkor va muloyim munosabatda bo'lishdir. Proceduradan so'ng tirnoqlar yaltiroq tusga ega bo'ladi. Yaponcha manikyurda qo'llaniladigan moddalar tirnoq tuzilmasiga samarali kirib, ularni mustahkam va sog'lom qiladi.

