Yosh yapon zobiti Yutaro Toda oq podsho armiyasiga yordam berish uchun Antanta qo‘shinlari tarkibida Rossiya shimolidagi Pomoryega kirib kelganida, hayoti tubdan o‘zgarishini tasavvur qilmagan edi. Tinch va osoyishta hududda dushmanga qarata biror marta o‘q uzmagan zobit partizanlarga asir tushdi, lekin tez orada ularning hurmatini qozonib, otryad komandiriga aylandi. Biroq NKVD xodimining asossiz gumonlari bilan qamoqqa olinishi uning hayotidagi eng murakkab voqealarning debochasi bo‘ldi. Yutaro o‘zi istamagan holda yangi tuzilgan hukumatning qamoqxonasidagi insoniylikdan yiroq ichki sirlariga guvoh bo‘lib qoldi. Buning badalini esa umrining uzoq yillarini mahbuslikda o‘tkazish bilan to‘lashga to‘g‘ri keldi…

