bigenn: A-black
AfzalliklariAfzalligi yo‘q. Xatto ishlatishga ham qo‘rqdim. Chunki tarkibidagi moddalar xatto ko‘rlikka sabab bo‘lar ekan
KamchiliklariPulim isrof bo‘ldi. Tavsifni, xususiyatlarini sotyatgan narselar bilanbir xil yozilar! Odamni ovvora qilmasdan!!!
IzohQosh uchun deb olgan edim, juda hafsalam pir bo‘ldi!
Mahsulotni Uzum Marketdagi tavsifiga ishonib, qosh va kiprik uchun ham ishlatiladi deb sotib oldim. Qoshimni chiroyli qilib bo‘yab olaman deb xursand bo‘lib turgandim.
Lekin mahsulot qo‘limga kelgach, qutining orqa tomonidagi ko‘rsatmani o‘qib, juda hayron qoldim. Unda aniq “Do not use to dye eyelashes or eyebrows” — “Qosh va kiprikni bo‘yash uchun ishlatmang” deb yozilgan. Yana tarkibida fenilendiaminlar va vodorod peroksidi borligi, kuchli allergik reaksiya xavfi haqida ham ogohlantirilgan.
Eng yomoni, ko‘z atrofiga qo‘llash xavfli ekanini bilmasdan qoshimga surtib yuborishim mumkin edi. Ko‘zga tushishi jiddiy zarar yetkazishi mumkinligini bilganimdan keyin umuman ishlatishga qo‘rqdim.
Shuning uchun qosh uchun mahsulot izlayotganlarga bu mahsulotni olishdan oldin albatta qutisidagi ko‘rsatmalarni tekshirishni tavsiya qilaman. Sotuvchi sahifasidagi “qosh, soch va kipriklar uchun” degan ma’lumot esa mahsulotning o‘zidagi ogohlantirishga mutlaqo mos kelmaydi.
Qosh uchun deb pul to‘lab, oxirida ishlata olmay qolganim juda alam qildi. 😔
Sotuvchining javobi
Xayrli kun, hurmatli xaridor.Fikr-mulohazangiz uchun rahmat. Do‘konimizda turli maqsadlar uchun bir nechta turdagi bo‘yoqlar va xina mavjud. Ko‘k qadoqdagi qora xina haqiqatan ham qosh, soch va soqol uchun mo‘ljallangan bo‘lib, bu haqda ishlab chiqaruvchi tomonidan qadoqda ko‘rsatilgan. Tanlashda qosh va soqol uchun ekanligi ham yozilgan.Fikr-mulohazalaringiz uchun rahmat - bu bizga mahsulot tavsifini yaxshilash va uni xaridorlar uchun yanada tushunarli qilishimizga yordam beradi.