Rang: Ametist •
Bolalar kiyimining boʻyi boʻyicha oʻlchami: 74-80
Afzalliklari2 ta olgandim, ikkalasi ham Xitoyning yirik fabrikasida ishlab chiqarilgani bilinib turibdi. Matosi paxta, juda yumshoq va sifati a'lo darajada.
KamchiliklariKamchiligi yo'q, hammasi yoqdi.
IzohFarzandim uchun ikkita kombinezon buyurtma qilgandim, o‘zim kutgandan ham zo‘r chiqdi. 100% fabrichniy tovar ekanligi ko‘rinib turibdi, choklari tekis, hidi yo‘q va chaqaloq terisiga juda yoqimli. Rasmda qanday bo‘lsa, xuddi o‘shanday ekan. Sifati yoqdi, ishonch bilan olaverasizlar, tavsiya qilaman!
Sotuvchining javobi
Assalomu alaykum! Samimiy fikringiz, jonli rasmlaringiz va yuksak bahoyingiz uchun chin qalbimizdan rahmat! Chaqaloqlar kiyimi borasida onalarning talabi naqadar yuqori ekanini yaxshi bilamiz, shuning uchun do‘konimizga faqat 100% tabiiy paxtadan, Xitoyning yirik va sertifikatlangan fabrikalarida ishlab chiqarilgan eng sifatli mahsulotlarni olib kelamiz. Siz kabi sifatni to‘g‘ri baholaydigan mijozlarimizning e'tirofi kelgusi xaridorlar uchun ham eng ishonchli dalildir. Mittivoyga muborak bo‘lsin, Ezoza do‘konida boshqa ranglaridan ham kutib qolamiz! ✨❤️