To‘plam tarkibi: ko‘ylakcha, shimcha, oyoqli shim, qalpoqcha, qo‘lqopcha, so‘lakcha va qorin bog‘ichi (belbog‘). 100% tabiiy paxtadan tayyorlangan, havo o‘tkazuvchan, yumshoq va terini bezovta qilmaydi. Chaqaloqning nozik terisi uchun xavfsiz, tug‘ruqxonaga olib borish va kundalik foydalanish uchun juda qulay. O‘lchami: 0–3 oy.

