Giorgio Armani Acqua di Gio - bu salqin to‘lqinlar ifori, olis Pantelleriya orolidan esayotgan hayajonli shabada, sharsharaning musaffoligi va suv tabiatining dadil xususiyatidir. Parfyum 1996-yilda chiqarilgan. U quyoshning qaynoq nurlari bilan erkalangan olis ufqlarga intilayotgan mayin shabadaga o‘xshaydi. Giorgio Armanining tetiklashtiruvchi va hissiy Acqua di Giò Pour Homme - erkaklar atirlari orasida eng ko‘p sotiladigan hid. 1996-yilda uni yaratishda dizayner orolning vulqonli landshafti dengiz shabadasi va mayin quyosh bilan uyg‘unlashganidan ilhomlangan.

