Qo‘limda — ko‘p yillik yuragimda pishib, ko‘z yoshlarim bilan to‘kilgan satrlar.
Bu kitobni yozgan paytimda qalbim tinimsiz tebranib turdi. Har bir so‘z — his. Har bir sahifa — og‘riq va umid orasida tug‘ilgan haqiqat.
“Oppoq kapalak” — bu shunchaki hikoya emas.
Bu — sevgi, vatan, bolalik, aka-singil, insonlik va sabr haqidagi yulduzday porlagan so‘zlar to‘plami.
Keyingi paytda qalbimda to‘plangan barcha gaplar shu kitobga joy oldi. Unda ikki bola bor. Ularning ko‘zlarida — orzu. Yuragida — beg‘uborlik. Ich-ichida esa… siz o‘qib bilishingiz kerak bo‘lgan bir dunyo.
“Oppoq kapalak” — bolalikni himoya qilmoqchi bo‘lgan har bir odamning kitobidir.
U sizni sukutga cho‘mdiradi. Va, balkim, yuragingizni shivirlab qo‘yadi.
Bu mening ilk asarim.
Uni yozgan paytimda har kuni qalbimning boshqa-boshqa tuyg‘ulari jim ulgurgan.
Bugun esa… sizning qo‘lingizga yetgani uchun minnatdorman.
“Oppoq kapalak” – sizning ham yuragingizda uchsin.”
Hurshida Kamoliddinova
ISBN : 9789910810534
Muqova materiali : Qog‘oz
Qog‘oz formati : A5
Muqovasi : Yumshoq
Betlar soni : 104
Ishlab chiqaruvchi mamlakat : O‘zbekiston
Chop etilgan yili : 2025
Nashriyot : Adabiyot
Yozuv : Lotincha
Til : O'zbekcha
Sahifalar yuzasi : Jilosiz

