O‘zbekiston xalq yozuvchisi, bolalarning sevimli adibi Xudoyberdi To‘xtaboyevning "Sariq devni minib" sarguzasht romanining ikkinchi qismi - "Sariq devning o‘limi"da asar qahramoni Hoshimjon hayotida ma’suliyatli davr boshlanadi. Tabiatan ziyrak, fahm-farosatli Hoshimjon katta bir operatsiyada qatnashib, uning muvaffaqiyatli yakunlanishini ta’minlaydi. Voqealar rivoji esa asarni mutolaa qilish davomida tanishasiz.

