Asosiy texnik xususiyatlari:
- Bosib chiqarish texnologiyasi: Toʻgʻridan-toʻgʻri termal bosib chiqarish (siyoh talab qilmaydi).
- Lenta kengligi: 80 mm (shuningdek, 58 mm lentani ham qoʻllab-quvvatlaydi).
- Bosish tezligi: 160 mm/s dan 200 mm/s gacha (tezkor chek chiqarish).
- Avtomatik kesgich (Auto-cutter): Mavjud (chekni avtomatik ravishda chala yoki toʻliq kesib beradi).
- Interfeyslar: USB + Bluetooth (boshqa modellarida USB+LAN ham uchraydi).
- Dasturiy moslik: Windows, Android va iOS tizimlari, shuningdek, 1C, iiko, Jowi va boshqa POS dasturlari bilan mos keladi.
- Bluetooth orqali ulanish tartibi (Telefon/Planshet uchun):
- Printerni tokka va yoqish tugmasiga bosing.
- Telefoningizning Bluetooth sozlamalariga kiring va yangi qurilmalarni qidiring.
- Roʻyxatda paydo boʻlgan printer nomini (koʻpincha XP-T80Q yoki POS Printer) tanlang.
- Birinchi marta ulanayotganda PIN-kod soʻrasa, 0000 yoki 1234 parolini kiriting.
- Oʻzingiz ishlatadigan savdo dasturi (masalan, kassa ilovasi) sozlamalaridan printerni Bluetooth orqali faollashtiring