Aromatik diffuzor — bu uydagi havoni xushbo‘y va yoqimli holatda saqlash uchun mo‘ljallangan zamonaviy vosita. Uning tarkibidagi tabiiy efir moylari xonada tinchlantiruvchi, tetiklantiruvchi yoki ko‘ngilni ko‘taruvchi atmosfera yaratadi.
Diffuzor ichidagi tayoqchalar (rotan yoki bambuk) suyuqlikni o‘ziga shimib, asta-sekinlik bilan atrofga hid tarqatadi. Elektr tokisiz ishlaydi, xavfsiz va ekologik toza.
Yotoqxona, mehmonxona, ofis, hammom yoki garderobda foydalanish uchun juda mos. Shuningdek, uyning interyeriga zamonaviy aksessuar sifatida ham xizmat qiladi.
Diffuzor shishasini oching, tayoqchalarni ichiga joylashtiring. 1–2 soat ichida tayoqchalar hidni o‘zlashtirib, xonaga tarqatishni boshlaydi. Kuchliroq aroma uchun tayoqchalarni har 2–3 kunda aylantirib turing.

