"Hikoya va qissalari bilan o‘qirmanlarning mehrini qozongan adib Xolmuhammad Karimiyning ilk romanini Siz azizlarga havola qilyapmiz.
Asarni o‘qir ekansiz, muallifning xalq hayotidan naqadar yaxshi xabardor ekanligini anglaysiz. Unda ming yillardan buyon o‘zligimizga singib ketgan aziz va mo‘tabar, o‘ziga xos milliy qadriyatlarimiz qahramonlar- ning umr yo‘lini yoritib boradi. Ayni shu hol manzaralar tasvirida ham izchil davom ettirilganligiga guvoh bo‘lasiz. Mutolaa jarayonida g‘ayrat va shijoatga to‘la millatimizning bugungi yoshlari asar qahramonlari bilan hamfikr va hamroh bo‘lib qolgandek ich-ichidan kechadigan his-tuyg‘ulardagi hamohanglikni his etib boradi. Kitob o‘quvchilar mehrini qozonishiga ishonamiz."

