Kattalarning ogohlantirishiga ham, onamning yolvorishlariga ham e’tibor qilmagan betamiz edim. Yoshlik zavqu shavqidan boshi gangib qolgan, butun umrini bir kunga sig‘dirmoqchidek vaqtini behuda o‘tkazayotgan o‘g‘il edim. Onamning gapini inobatga olmaydigan, isyonkor farzand ekanligimdan qattiq xafa bo‘lgan ba’zi do‘stlarim meni bu yo‘ldan qaytarishga ko‘p urinishardi:
«Bunday qilma! O‘zingga kel! Onadan ortiq do‘st bo‘lmaydi».
«Onaning qarg‘ishini olgan odam xor bo‘ladi».
«Isyonkor farzandning holiga voy!»

