• Nomi: Xohlayman va bo‘laman
• Muallif: Mixail Labkovskiy
• Janri: Psixologiya, o‘zini rivojlantirish
• Yosh chegarasi: 16+
• Muqova: Yumshoq
• Sahifalar soni: 186
Kitobning eng katta afzalligi — uning oddiy va tushunarli tilda yozilganida. Muallif murakkab psixologik tushunchalarni hammaga tushunarli qilib izohlaydi. U hayotimizda stress, qo‘rquv va noaniqliklardan qanday xalos bo‘lish mumkinligini ko‘rsatadi. O‘quvchilar o‘zini qabul qilish va sevishning ahamiyatini anglaydilar. Shuningdek, kitobda hayotiy vaziyatlar va amaliy maslahatlar orqali ichki erkinlik, mustaqil qaror qabul qilish, sog‘lom munosabatlar qurish yo‘llari bayon etilgan. Bu asar o‘zini rivojlantirish, psixologik barqarorlik va baxtli hayot sari intilgan har bir inson uchun foydali qo‘llanma hisoblanadi.

