Xlorli ohak 25% — bu kuchli dezinfeksiya qiluvchi va oqartiruvchi kukun bo‘lib, suvda qisman eriydi. Xlorli ohak dezinfeksiya uchun quruq kukun, tindirilgan eritma va suspenziya ko‘rinishida qo‘llaniladi.
Qo‘llanilishi: Sanitariya-texnik jihozlarini dezinfeksiya qilish, oqova suvlarni tozalash, basseyn suvlarini zararsizlantirish, yerto‘lalarni mog‘ordan tozalash, bog‘bonlar tomonidan mevali daraxtlarni himoya qilish, xonalar va inventarlarni dezinfeksiya qilish va boshqalar uchun qo‘llaniladi.
Ehtiyot choralari:
*Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin!
*Foydalanishda respirator, qo‘lqop va himoya ko‘zoynak taqilsin.
*Quruq va qorong‘i joyda, mahkam yopilgan idishda saqlansin.
*Metall buyumlar uchun qo‘llanilmasin.

