Ushbu taymer yordamida kechiktirib yoqish, kechiktirib o‘chirish hamda siklli ishlash rejimlarini sozlash mumkin. Masalan, nasosni har 5 daqiqada 10 soniyaga yoqish, ventilyatorni ma’lum vaqt o‘tgach o‘chirish yoki chiroqni kechiktirib yoqish mumkin.
Qurilma yorqin LED displey va qulay boshqaruv tugmalari bilan jihozlangan bo‘lib, parametrlarni tez va oson sozlash imkonini beradi. 0 dan 999 soniya, daqiqa yoki soatgacha vaqt oralig‘ini qo‘llab-quvvatlaydi.
Taymer 12V DC kuchlanishda ishlaydi va 20A gacha yuklamani boshqara oladi. Shu sababli nasos, ventilyator, yoritish, sug‘orish tizimi, akkumulyator zaryadlash qurilmasi, signalizatsiya va boshqa ko‘plab jihozlar uchun mos keladi.
Afzalliklari:
✔ Oson va qulay sozlanadi
✔ Bir nechta ish rejimi mavjud
✔ Siklli yoqish/o‘chirish funksiyasi
✔ Keng vaqt diapazoni
✔ Yorqin raqamli displey
✔ Ixcham o‘lcham
✔ Uy, avtomobil va avtomatika uchun mos
Texnik xususiyatlari:
Qo‘llanish sohasi:
nasoslar, ventilyatorlar, chiroqlar, avtomatik sug‘orish, akkumulyator zaryadlash, автоelektronika, ventilyatsiya, xavfsizlik tizimlari va boshqa elektr qurilmalar.

