Buyuk tarixiy shaxs Amir Temur haqida ko‘plab tarixiy va adabiy asarlar yozilgan.
Tarixiy romandan iborat ushbu kitobda Sohibqiron hayotidagi favqulodda voqealar, uning taqdiri va hayotini o‘rab olgan ilohiy voqealar, donishmand va ajoyib ustoz-pirlar haqida hikoya qilinadi. Atoqli sarkarda, iste’dodli davlat arbobi, nozik didli, uzoqni ko‘ra oladigan siyosatchi va solih donishmand obrazi keng kitobxonlar ommasini qiziqtirishi shubhasiz.
Ushbu asarning birinchi nashri kitobxonlarda katta taassurot qoldirdi. Sizning e'tiboringizga taqdim etilgan ikkinchi nashr muallif tomonidan qayta ko'rib chiqilgan va yangi qo'shimchalar bilan to'ldirilgan.

