• Nashr yili: 2023
• Muqova: yumshoq
• Turkum: "Xitoy uslubidagi modernizatsiya tadqiqoti"
• Mualliflar: Liu Shouying, Fan Xin, Liu Ruiming
• Tili: o'zbek
• Betlar soni: 208
• Format: 235*168; rangli
• ISBN: 9789943811140
“Xitoy uslubida modernizatsiya” — zamonaviy Xitoy rivojlanishining nazariy asoslari va amaliyotlariga bagʻishlangan mufassal ilmiy-tahliliy asardir. Kitob mualliflari Lyu Shouyin, Fan Sin va Lyu Juyming XXI asrdagi global oʻzgarishlar sharoitida Xitoyning oʻziga xos modernizatsiya yoʻli, uning tarixiy, madaniy va institutsional asoslarini chuqur tahlil qiladilar.
Asarda Xitoy Kommunistik partiyasi rahbarligida amalga oshirilayotgan islohotlar, mamlakatning ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy va ekologik sohalardagi transformatsiyasi, “fuqarolik jamiyati”, “farovonlik”, “ekologik uygʻunlik” kabi tushunchalar doirasida keng yoritiladi. Kitobda Gʻarb namunasiga taqlidsiz, milliy tafakkur, qadriyat va institutlarga tayangan, Xitoyning oʻz modeli qanday shakllangani asoslab berilgan.
Kitob oʻzbekistonlik siyosatshunoslar, iqtisodchilar, falsafachilar, talabalar va keng jamoatchilik uchun Xitoy tajribasini oʻrganishda beqiyos manba hisoblanadi. Har bir boʻlim nazariy tahlil, tarixiy misollar va strategik tavsiyalar bilan boyitilgan. Bu kitob oʻz taraqqiyot yoʻlini belgilayotgan rivojlanayotgan davlatlar uchun muhim ilhom manbaidir.

