Xiaomi Robot Vacuum 5 Pro robot-changyutgichi tavsifi (EU, oq)
Xiaomi Mijia Robot Vacuum 5 Pro robot-changyutgichi
23 000 Pa so‘rish quvvati, uchta kamera orqali panoramali aniqlash va ko‘tariluvchi intellektual radar bilan jihozlangan namli tozalash funksiyasiga ega flagman robot-changyutgich. U uydagi xavfsiz va aniq navigatsiyani ta’minlagan holda 200 tagacha obyektni va 47 turdagi ifloslanishni aniqlay oladi. Qurilma yuqori haroratli o‘z-o‘zini tozalovchi taglik, shvabralarni issiq havo bilan avtomatik quritish, oqova suvlar tahlili asosida qayta yuvish hamda korpusni o‘z-o‘zini tozalash funksiyasi bilan jihozlangan.
23 000 Pa quvvat
Xiaomi Mijia Robot Vacuum Mop 5 Pro robot-changyutgichi hayratlanarli 23 000 Pa so‘rish kuchi bilan samaradorlikning yangi standartlarini belgilaydi — bu maishiy texnika bozoridagi eng yuqori ko‘rsatkichlardan biridir. Bunday bosim nafaqat chang va uvoqlarni yig‘ish, balki gilam tuklarining chuqur qatlamlaridan, tirqishlardan va yetib borish qiyin bo‘lgan burchaklardan ifloslanishlarni tom ma’noda sug‘urib olish imkonini beradi. Quvvatni intellektual boshqarish tizimi bilan birgalikda qurilma har bir yuzaga moslashib, har qanday maydondagi uyda barqaror tozalash sifatini ta’minlaydi.
Panoramali ko‘rinish
Uchta panoramali kamera va ko‘tariluvchi intellektual radar bilan jihozlangan robot-changyutgich chuqur fazoviy skanerlashni amalga oshiradi hamda 200 tagacha obyektni va 47 turdagi ifloslanishni taniydi. Bu qurilmaga nafaqat sirt turini, balki ifloslanish xarakterini ham aniq belgilash imkonini beradi: uvoqlar, qum, jun, suyuq dog‘lar. Bunday yuqori aniqlik darajasi har bir tozalash jarayonini nuqtali operatsiyaga aylantiradi va biror bir joy e’tibordan chetda qolmaydi.
O‘z-o‘zini tozalovchi taglik
Ushbu model yuqori haroratli o‘z-o‘zini tozalovchi taglik bilan ta’minlangan bo‘lib, bu bakteriyalar va yoqimsiz hidlar tarqalishining oldini oladi. Namli tozalashdan so‘ng robot ikki soat davomida issiq havo bilan quritish tizimini avtomatik ravishda ishga tushiradi, bu esa nafaqat uyda, balki qurilmaning ichida ham tozalikni ta’minlaydi. Oqova suvlarning loyqaligini aniqlash o‘rnatilgan tizimi tufayli, shvabralarni qayta yuvish jarayoni foydalanuvchi ishtirokisiz, intellektual tarzda boshlanadi.
Xizmat ko‘rsatishni avtomatlashtirish
Xiaomi Mijia Vacuum Mop 5 Pro eng mayda detallarigacha puxta o‘ylangan: u nafaqat uyni tozaydi, balki o‘z-o‘ziga xizmat ham ko‘rsatadi. Suv yetkazib berish va oqizish tizimiga ega versiyasi suvni avtomatik almashtirish hamda yuvish vositasini dozalashni qo‘llab-quvvatlaydi, bu esa qurilmani to‘liq mustaqil tozalik stansiyasiga aylantiradi. Qo‘shimcha ravishda, korpus va changyutgich idishini avtomatik tozalash funksiyasi ham joriy etilgan bo‘lib, bu ekspluatatsiya jarayonida inson ishtirokini minimal darajaga tushiradi va qurilmadan kundalik hayotda foydalanishni maksimal darajada qulay qiladi.
Xiao Ai, HyperOS Connect va Mi Home
Xiao Ai ovozli yordamchisi, HyperOS Connect texnologiyasi va Mi Home ilovasi qo‘llab-quvvatlanishi tufayli robot aqlli uy ekotizimiga integratsiyalashadi va uni ovoz yoki smartfon orqali boshqarish imkonini beradi. Masofadan ishga tushirish, individual tozalash ssenariylari, jadvallar, taqiqlangan zonalar — bularning barchasi bir nechta bosish orqali amalga oshiriladi. Bunday ulanish moslashuvchanlikni ta’minlaydi va maishiy texnika funksionalligi chegaralarini intellektual hamkorlik darajasigacha kengaytiradi.
Tozalash yangi darajada
Mijia Robot Vacuum Mop 5 Pro — shunchaki navbatdagi changyutgich emas, balki robototexnika, sun’iy intellekt va maishiy muhandislikning o‘zaro uyg‘unligidir (simbiozidir). U ekstremal quvvatni, real uy sharoitlariga chuqur moslashishni va to‘liq avtonom ishlashni o‘zida mujassam etgan. Shuning uchun ham uskunani tozalash sifatiga putur yetkazmagan holda kundalik tozalash ishlarini mashinaga topshirishni xohlovchi foydalanuvchilar uchun ideal yechimga aylanadi. Ushbu robot aqlli uy yordamchilari orasida eng cho‘qqisidir, aynan shu sababli ham uni yuqori texnologiyalar, tozalik va vaqtni qadrlovchilar tanlaydi.



