XIX asrning mashhur ingliz yozuvchisi Robert Lyuis Stivensonning «Xazinalar oroli» asari dunyodagi eng eng yaxshi sarguzasht romanlaridan biridir. Yosh Jimning qo‘liga mashhur flibustyer Flintga tegishli xarita tushib qoladi. Jim va uning do‘stlari qaroqchilar xazinasini topish uchun xavfli sayohatga otlanadilar. Okean o‘rtasida joylashgan sirli orol, yashirin xazinalar, qonxo‘r qaroqchilar — Angliyaga g‘olib bo‘lib qaytishlaridan oldin ular ko‘plab sinovlar va xavfli sarguzashtlarni boshdan kechirishlariga to‘g‘ri keladi.

