Qurʼoni Karim o‘ta qimmatli, bebaho bilim va hikmat manbasidir. U shunday kitobki, bolalar ham, kattalar ham har qanday savoliga javob topadi. Qurʼon sahifalarida Payg‘ambarlar tarixi bamisoli sochilgan marjon shodalaridir. U o‘tmishdagi boshqa xalqlar tarixini xotirlatib, o‘zining soddaligi va chuqur maʼnolari bilan lol qoldiradi. Bu tarix bilan tarbiyalangan bola, yoshlik chog‘idanoq insoniyat tarixining eng ulug‘ shaxsiyatlari bo‘lgan payg‘ambarlarga tomon intilib boradi. Shu tariqa u umid, maʼnaviy quvvat va Olamlar Rabbi bo‘lgan Alloh taolo qarshisida tavozeli bo‘lish tushunchalarini o‘zlashtirib, mustahkamlab boradi.

