Ushbu shaffof himoya ko‘zoynaklari yuqori sifatli, zarbaga chidamli plastikdan ishlab chiqarilgan bo‘lib, ko‘zlarni ishonchli himoya qilish uchun mo‘ljallangan. Ergonomik va yengil konstruksiya yuzga qulay tarzda o‘rnashadi, uzoq vaqt taqilganda ham noqulaylik tug‘dirmaydi. Keng va tiniq linzalar yorug‘likni yaxshi o‘tkazadi, tasvirni buzmaydi hamda atrofni to‘liq ko‘rish imkonini beradi. Tirnalishga chidamli qoplamasi tufayli ko‘zoynak uzoq muddat davomida o‘z sifatini saqlaydi. Ishlab chiqarish, ustaxona, ta’mirlash ishlari yoki uy sharoitidagi xavfsizlik talab qilinadigan vazifalar uchun juda qulay. Rеспirator va niqoblar bilan bemalol mos keladi, xavfsizlik, qulaylik va mustahkamlikni birlashtirgan optimal tanlov hisoblanadi.

