Fikrlashingizni va hayotga bo‘lgan qarashingizni butunlay o‘zgartiradigan kitob!
Taniqli publitsist Fahd Amir al-Ahmadiyning "Xandon pista nazariyasi" (The Pistachio Theory) asari — bu shunchaki quruq motivatsiya beruvchi kitob emas. Bu hayotiy samaradorlikni oshirish, tanqidiy fikrlashni rivojlantirish va har qanday vaziyatda to‘g‘ri qaror qabul qilish sirlarini o‘rgatuvchi noyob qo‘llanmadir.
Kitob nima haqida?
Muallif falsafasining zamirida oddiy haqiqat yotadi: hayotda sodir bo‘ladigan kichik, tasodifiy va ahamiyatsizdek tuyulgan xatolar inson kelajagini butunlay o‘zgartirib yuborishi mumkin. Kitob sizga ana shunday "mayda sabablar"ni vaqtida ko‘ra bilishni, ularga to‘g‘ri munosabat bildirishni va quruq gaplardan amaliy harakatga o‘tishni o‘rgatadi.
Kitob ichidan nimalarni topasiz:
Ushbu kitob Yaqin Sharq va butun dunyoda millionlab insonlar qalbidan joy olgan. U o‘z ustida ishlashni xohlovchi har bir inson uchun, shuningdek, yaqinlaringiz, do‘stlaringiz yoki hamkasblaringiz uchun eng qadrli sovg‘a bo‘la oladi.

