• Muallif: Andrey Platonov
• Til: O'zbek tili
• Muqova: Qattiq
O‘ylab qarasam, birgina shu qissa bilan naq ikki yil ovora bo‘libman. To‘g‘ri, ikki yil davomida nuqul qissa tarjimasi bilan band bo‘ldim degani emas bu. Orada bu asar mushkulliklaridan zada bo‘lib, ko‘p martalab chetga surib ham qo‘ydim, qo‘y, dedim o‘zimga o‘zim, shuncha mashaqqat chekib, igna bilan quduq qazisangu oxirida zahmatlaringga yarasha rahmat eshitasanmi-yo‘qmi?
Yo‘q, harqalay, yerkovlar kabi ichlarimdan qo‘shimcha kuch kovlab, tarjimani oxiriga yetkazdim baribir. Oxiriga yetkazdim-u, qaytib Platonovga boshqa yaqinlashmayman, dedim.
Qayda, shu kunlarda «Chevengur»ni nechanchi marta yana qayta o‘qishga tushib ketdim. O‘zimga bergan avvalgi va’dalarimni munofiqlarcha nari surib qo‘yib, qo‘limda qalam bilan har bir jumlani tekshirib, tarjima daftarimga qaytadan ko‘chirib, bir nechadan muqobil variantlarini hijjalab ko‘ryapman. Shu bilan «Chevengur» uchun sarf bo‘ladigan kuchimni chamalab ko‘ryapman, shekilli.

