Shahodat Ulug‘ romani mamluklar Misrining hukmdori, Jaloliddin Manguberdining jiyani Sayfiddin Qutuz (Mahmud ibn Mamdud) taqdiriga bag‘ishlangan. U Chingizxon bosqinidan so‘ng vatanidan uzoqda qolib, asirlik va qullikni boshidan kechiradi, so‘ngra Misr taxtiga o‘tiradi. Asarning markaziy tarixiy voqeasi 1260-yildagi Ayn Jalut jangi bo‘lib, unda Qutuz qo‘shini mo‘g‘ullarning islom yerlariga siljishini to‘xtatgan.

